Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avval FVV xabar berganidek, 16-iyul Qozog‘iston Respublikasi Qarag‘anda viloyati Shetskiy tumanida MAN yuk mashinasi va Mercedes-Benz Sprinter yo‘lovchi mikroavtobusi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Mercedes-Benz Sprinter mikroavtobus salonida bo‘lgan 18 nafar yo‘lovchidan 8 nafari Qozog‘iston fuqarolari voqea joyida vafot etgan, halok bo‘lgan fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganida ular orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, 10 nafari turli darajalarda tan jarohati olgan, ularning 5 nafari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ayni vaqtda ularga Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Ulardan 1 nafariga ambulator davolanish uchun ruxsat berilgan.

Avvalgi berilgan birlamchi shoshilinch xabarda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lganligi aytilgan edi. Qozog‘iston mas’ul xizmatlari tomonidan mukammal o‘rganilib, fuqarolarning shaxsiga aniqliklar kiritilganda halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar