Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 23 yoshli sportchi yigit suvdan o‘lik holda topilgani, marhumning akasi ukasi o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin degan gumonga borayotgani haqida xabar berilgandi. Viloyat Sportni rivojlantirish boshqarmasi holat bo‘yicha munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, marhum sportchi sifatida biron bir sport turidan terma jamoa a’zosi yoki mavjud sport federatsiyalarining sportchilar ro‘yxatida turmaydi.
Shuningdek, sportchi toifasi va natijalariga ega emas.
Eslatib o‘tamiz, jasadi suvdan topilgan yigit o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlangan.