Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 1-turida “Manchester Yunayted” “Brayton”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Erik ten Hag “Manchester Yunayted” ustozi sifatida APLdagi debyut o‘yinida mag‘lub bo‘lgan so‘nggi 8 yildagi ilk murabbiyga aylandi. Bu haqida Opta ma’lum qildi.
2014-yilda Lui van Gal “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi sifatida ilk o‘yinida mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda “qizil iblislar” APL startida “Suonsi”ga imkoniyatni boy bergandi. 2014/15-yilgi mavsum yakuniga ko‘ra mankunianliklar chempionatda 4-o‘rinni egallagan.
“Manchester Yunayted” 13-avgust kuni APLning 2-turida “Brentford” bilan bahs olib boradi.