“Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasining 1-turida “Vest Hem” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Erling Holand uchrashuvda dubl qayd etdi. Norvegiyalik hujumchi “shaharliklar” tarixida debyut o‘yinida dublga erishgan ikkinchi futbolchiga aylandi.
Serxio Aguero 2011-yilning avgustida “Manchester Siti” safida APLdagi debyut o‘yinida dublga erishgandi.
Shuningdek, Holand APLdagi debyutida penalti ishlab olgan va uni muvaffaqiyatli amalga oshirgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi. 2016-yilning aprelida Aleshandre Pato “Chelsi”dagi debyutida shunday natija qayd etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!