Gamper Kubogi doirasida “Barselona” Meksikaning “Pumas” klubi bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 3-daqiqasida Robert Levandovski hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Pedri kataloniyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 10-daqiqada Usmon Dembele ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 19-daqiqada Pedri dublni rasmiylashtirdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Pyer-Emerik Obameyang ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 84-daqiqa Frenki de Yong uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa “ko‘k-anorranglilar” ketma-ket 10-bor Gamper Kubogi sovriniga ega chiqdi.
Gamper Kubogi
7-avgust, shanba
“Barselona” — “Pumas” 6:0
Gollar: 1:0 – Levandovski (3), 2:0 – Pedri (5), 3:0 – Dembele (10), 4:0 – Pedri (19), 5:0 – Obameyang (49), 6:0 – de Yong (84).“Barselona”: ter Stegen (Penya, 61), Balde (Alba, 46), Garsiya (Pike, 46), Arauxo (Kunde, 61), Roberto (Dest, 61), Buskets (Niko, 46), Gavi (Kessie, 46), Pedri (de Yong, 46), Dembele (Obameyang, 46), Rafinya (Fati, 46), Levandovski (Depay, 60).