Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Shimoliy Koreya mamlakatda COVID-19 avj olganidan keyin bezgak bilan og‘rigan barcha bemorlar tuzalib ketganini da’vo qilmoqda. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

KCNA davlat matbuotiga ko‘ra, aprel oyi oxiridan beri KXDRda bezgak bilan kasallangan 4,77 millionga yaqin bemor to‘liq tuzalib, 74 nafari vafot etgan. Shuningdek, 30-iyuldan buyon mamlakatda bezgak bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham yangi holat qayd etilmagani aytilmoqda.

Mamlakat rasmiylari KXDRdagi epidemiyaga qarshi vaziyat muayyan barqarorlik bosqichiga o‘tganini ma’lum qildi.

KXDR epidemiyaga qarshi milliy siyosat va chora-tadbirlarni amalga oshirishda mukammallikni saqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirmoqda hamda epidemiyaga qarshi tizimni yanada kuchaytirish bo‘yicha kompleks ishlarni olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunday ishlar COVID-19 ning yangi navlari ustidan monitoringni kuchaytirish va inqiroz holatlarida tibbiyot xodimlarini tezkor safarbar etish choralarini ko‘rishni o‘z ichiga oladi.

Aprel oxirida KXDR hukumati mamlakatda koronavirus tarqalgani haqida rasman e’lon qildi, 13-may kuni COVID-19 dan birinchi o‘lim qayd etildi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Siyosiy byuroning favqulodda yig‘ilishini o‘tkazib, Pxenyanda dori-darmon ta’minotini barqarorlashtirish uchun harbiylardan foydalanishni buyurdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi