Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Minsk markaziy okrug sudi Telegram’da Aleksandr Lukashenkoga bag‘ishlangan “Sasha 3%” va “Luka” nomli ikkita stikerlar to‘plamini “ekstremistik” materiallar deb topdi. Ushbu ma’lumot Belarus Axborot vazirligi saytida e’lon qilingan ekstremistik materiallar ro‘yxatida paydo bo‘ldi, deb yozadi “Yevroradio”.

Foto: Skrinshot

Foto: Skrinshot

“RIA Novosti”ning qayd etishicha, bu Belarusda stiker to‘plamlari “ekstremistik” materiallar sifatida tasniflangan birinchi holat.

2020-yilda, Belarusdagi prezidentlik saylovlari oldidan internetda “Sasha 3%” memlari paydo bo‘lgan edi, ular onlayn so‘rovlarda atigi 3 foiz respondentlar Aleksandr Lukashenkoga ovoz berishga tayyorligini bildirganidan so‘ng tarqalgan va ommalashgan. Prezidentlik saylovi yakunlariga ko‘ra, Belarus Markaziy saylov komissiyasi Lukashenkoni g‘olib deb e’lon qildi, shundan so‘ng mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.

Mavzuga doir: Kremldagi muzokaralarda Putin va Makronni ajratib turgan 4 metrlik stol internetda yangi memlarning yaralishiga sabab bo‘ldi (foto)

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi