Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, 2022-yil uchun paxta xomashyosining minimal narxlarini e’lon qildi.

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanidagi paxta dalasi.
Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Jahon bozorida shakllangan narxlar, mas’ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekistonda yetishtirilgan 1 tonna o‘rta tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 10 mln 25 ming so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, 1 tonna ingichka tola navli paxta xomashyosining minimal narxi QQS bilan birga 15 mln 125 ming so‘mni tashkil etadi.

Ushbu tavsiya etilayotgan minimal narxdan kelib chiqqan holda paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi subyektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida narxlarni mustaqil ravishda belgilaydi.

Avvalroq O‘zbekistonda paxta maydonlari uchun subsidiya ajratishning vaqtinchalik tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi