Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Niderlansiya va Fransiyaning aksariyat hududlarida rekord darajadagi jazirama tufayli chuchuk suv tanqisligi kuzatilmoqda, hukumat alohida rejimni joriy qildi, u, shu jumladan, suv iste’molini qisqartirishni ko‘zda tutadi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “TASS”

Niderlaniya infratuzilma va suv manbalari vaziri Mark Xarbers ma’lum qilishicha, “qurg‘oqchilik oqibatida milliy ehtiyojlar mamlakatga daryolar orqali va yomg‘irlar natijasida kelib tushayotgan suv hajmidan oshib ketgan”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyat muayyan davr mobaynida saqlanib turadi, bu esa yaqin orada chuchuk suv taqsimoti bo‘yicha yangi choralar kiritilishi mumkinligini anglatadi. Vazir, shuningdek, odamlarni “mashina yuvish yoki shishirilma hovuzni to‘ldirishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rishga” chaqirdi.

Suv yetishmovchiligi kutilayotganini bildiruvchi xavfning birinchi darajasi mamlakatda 13-iyul kuni kiritilgan edi. Endi xavf darajasi ikkinchi bosqichgacha ko‘tarildi, bu esa yetishmovchilik holatini anglatadi.

Fransiyada ham qurg‘oqchilik tufayli maxsus rejim joriy qilindi, u mamlakatdagi 96 ta qit’a departamentlarining barchasiga tegishli bo‘ldi. Ogohlantirishning birinchi darajasi yo‘llar, trotuarlarni tozalash, yashil maydonlarni sug‘orishni cheklashni, shuningdek, maishiy suv iste’molini qisqartirishni ko‘zda tutadi. Ayni paytda mamlakatda navbatdagi o‘n kunlik issiq havo to‘lqini kutilmoqda.

Anomal issiq havo so‘nggi haftalarda g‘arbiy Yevropaning ko‘proq qismida qayd etilmoqda: xususan, Portugaliyada harorat 46,3 darajagacha, Ispaniyada esa 42 darajagacha yetdi. Portugaliya, Italiya, Fransiya, Gretsiyada jazirama kuchli o‘rmon yong‘inlariga olib keldi. Ekspertlar hodisalarni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘lamoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti