Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Farg‘ona IEM” AJ Qozon sexi binosiga 60 kVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, bu korxonada yillik issiqlik energiyasini 47,45 Gkalga, elektr energiyasini esa 108 ming kVt/soatga tejash imkonini beradi. Yil oxiriga qadar “Farg‘ona IEM” AJ mavjud binolariga 13 dona jami 2600 litrlik quyosh suv isitgichlari o‘rnatish belgilangan.

Bundan tashqari ishlab chiqarishda yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini qisqartirish, energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha “Farg‘ona IEM” AJ ko‘p yillardan buyon ishlatilmay kelayotgan eski ko‘mir omborxonasi o‘rnida quvvati 1800-2000 kVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ushbu quyosh panellari “On-Grid” rejimida ishlashini hisobga olganda yiliga 7-8 million kVt qo‘shimcha elektr energiyasi olish va yoqilg‘i energoresurslarini tejash, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkonini ham beradi.

Bundan avval Farg‘onada aholi xonadonlariga quyosh panellarini o‘rnatish boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 10-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish yuzasidan topshiriqlar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-oktabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi