Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Robert Levandovski “Bavariya” bilan xayrlashish uchun Germaniyaga yetib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Robert Levandovskining “Barselona”ga o‘tishi fonida hujumchi va “Bavariya” sport direktori Hasan Salihamijich o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Shu masalani hal qilib olish uchun polshalik hujumchi myunxenliklar sport direktori bilan suhbatlashdi.

“U mening ofisimda edi, biz o‘n besh daqiqa suhbatlashdik. Juda yaxshi suhbat bo‘ldi, ko‘p narsaga oydinlik kiritib oldik. Menimcha, u xayrlashganimizdan xursand. Men ham xursandman.

Axir Robert ‘Bavariya’ uchun ko‘p ish qilgan. Biz unga omad tilaymiz va Levandovski hozirda butun diqqatini hayotidagi yangi bosqichga qaratgan”, — deydi Salihamijich.

Shuningdek, Levandovski “Bavariya”ning barcha futbolchilari va xodimlariga o‘z imzosi va surati tushirilgan o‘ram bilan o‘ralgan shampan vinosi sovg‘a qildi.

Polshalik hujumchi iyul oyida “Bavariya”dan “Barselona” safiga o‘tdi. Kataloniyaliklar Robert uchun 45 million yevro va qo‘shimcha 5 million bonus sifatida to‘lab berdi. Levandovski “ko‘k-anorranglilar” bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. 33 yoshli hujumchi soliqlardan tashqari yiliga 9 million yevro maosh oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin