O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasining navbatdan tashqari saylov konferensiyasi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tdi, deya ma’lum qilmoqda MOQ matbuot xizmati.
Unda federatsiya ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, jumladan, federatsiya bosh kotibi, ijrochi direktori, rais o‘rinbosarlari va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini saylash, shuningdek, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Konferensiyada federatsiya bosh kotibi lavozimiga Sherzod Pardayev, ijrochi direktor lavozimiga esa Oybek Muzaffarovning nomzodlari ko‘rsatildi va ushbu mutaxassislar konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan yangi lavozimga saylandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning aprel oyida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylangandi.
Izoh (0)