Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1—24-iyul kunlari bozorlarda qishloq xo‘jaligi va go‘sht mahsulotlarining ulgurji narxlari haqida ma’lumot berildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ushbu davr mobaynida quyidagi mahsulotlar narxi arzonlagan: 

  • bulg‘or qalampiri (qizil) — 11 250 so‘mga; 
  • banan 5 ming so‘mga; 
  • apelsin 4 ming so‘mga; 
  • mandarin va olma 2 500 so‘mga; 
  • baqlajon 400 so‘mga; 
  • kartoshka (yangi hosil), sabzi (sariq, qizil), tarvuz 250 so‘mga; 
  • kartoshka (import) 100 so‘mga.

Shu bilan birga: 

  • kivi 13 500 so‘mga; 
  • limon 10 000 so‘mga; 
  • mosh 3 000 so‘mga; 
  • turp 2 750 so‘mga; 
  • pomidor (pushti), nok (import), loviya 2 500 so‘mga; 
  • guruch (alanga) 1 500 so‘mga; 
  • pomidor (qizil) 1 250 so‘mga; 
  • sarimsoq piyoz, lavlagi, guruch (lazer) 1 000 so‘mga; 
  • piyoz 850 so‘mga; 
  • bodring 500 so‘mga qimmatlagan. 

Iyul oyida umumiy qiymati 99 mln dollarlik (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23 mln AQSH dollari ko‘p) jami 147 ming tonna (22 ming tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Mazkur davrda: 

  • 19,9 ming tonna olxo‘ri; 
  • 17,5 ming tonna qovun; 
  • 13,8 ming tonna uzum; 
  • 12,4 ming tonna tarvuz; 
  • 8 ming tonna piyoz; 
  • 4,7 ming tonna sabzi; 
  • 4,3 ming tonna olma; 
  • 3,7 ming tonna mosh; 
  • 2,7 ming tonna shaftoli; 
  • 2,5 ming tonna quritilgan meva tashqi bozorlarga yetkazib berilgan.

Shuningdek, ushbu davr mobaynida 8 mln dollar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,8 mln AQSH dollari ko‘p) qiymatidagi jami 12,8 ming tonna (41 tonna ko‘p) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari import qilingan. 

Bular orasida 3,9 ming tonna banan, 3,5 ming tonna kartoshka, 371 tonna apelsin, 184 tonna olma, 87 tonna limon bor.

Qo‘yliq bozoriga iyulda hududlardan jami 29,7 ming tonna, xususan, 10,4 ming tonna kartoshka, 13,2 ming tonna piyoz, 1,1 ming tonna karam va 5 ming tonna sabzi keltirilgan. 

Shu bilan birga, hududlardan Chorsu dehqon bozoriga o‘tgan oy jami 320 tonna, shu jumladan, 271 tonna mol go‘shti va 49 tonna qo‘y go‘shti keltirib sotilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi