Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev 2-avgust kuni O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Milliy ozchiliklar masalalari bo‘yicha oliy komissari Qayrat Abdurahmonovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari hamda millatlararo totuvlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash sohasida qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. YXHT institutlari bilan ustuvor yo‘nalishlarda – xavfsizlik, iqtisodiyot va ekologiya sohalarida, gumanitar yo‘nalishdagi konstruktiv muloqot va sermahsul hamkorlikning bugungi darajasi qayd etilgan. O‘rta muddatli istiqbolda qariyb 50 ta tadbirni o‘tkazish nazarda tutilgan “yo‘l xaritasi” birgalikda amalga oshirilmoqda.

Uchrashuvda Oliy komissar mamlakatda bag‘rikenglik va gumanizm madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va fuqarolararo anglashuv va totuvlikni ta’minlash, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatga yuqori baho bergan. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, Afg‘onistonning tinch rivojlanishi va iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish borasidagi tashabbuslari qo‘llab-quvvatlangan.

Qator qo‘shma tadbirlar – millatlararo totuvlik masalalari bo‘yicha mintaqaviy seminar, xalqaro tajriba va YXHT tavsiyalarining taqdimotini o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasining millatlararo munosabatlar muammosiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etishi yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.

Ko‘p tilli ta’lim sohasida, shu jumladan Markaziy Osiyo ta’lim dasturi doirasida loyihalarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Moliya
O‘zbekistondagi eng faol banklar reytingi yangilandi. Nimalar o‘zgardi?
Mahalliy
Davletmurat Tajimuratov 16 yilga qamaldi, jurnalist Lolagul Qallixanova sud zalidan ozod qilindi 
Sport
Figurali uchish bo‘yicha O‘zbekistonning 10 karra chempioni Tatyana Malininaning 18 yoshli o‘g‘li AQSH chempioniga aylandi