Futbol bo‘yicha Germaniya Superkubogidan o‘rin olgan o‘yinda “Bavariya” 30-iyul, shanba kuni “Leypsig” bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Musiala hisobni ochdi. 31-daqiqada Sadio Mane myunxenliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘lim so‘ngida Benjamin Pavar “Bavariya”ning uchinchi golini urdi.
59-daqiqada Halstenberg hisobni qisqartirdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Serj Gnabri hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 77-daqiqada Kristofer Nkunku mezbonlarning yana bir goliga mualliflik qildi. 89-daqiqa Dani Olmo “Leypsig”ning 3-golini urdi. Ammo bu gol Leypsig klubiga g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. O‘yin so‘ngida Leroy Sane yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa “Bavariya” o‘z tarixida 10-marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Germaniya Superkubogi
30-iyul, shanba
“Leypsig” — “Bavariya” 3:5
Gollar: 0:1 – 14 Musiala, 0:2 – 31 Mane, 0:3 – 45 Pavar, 1:3 – 59 Halstenberg, 1:4 – 65 Gnabri, 2:4 – 77 Nkunku (penalti), 3:4 — 89 Dani Olmo, 3:5 — 90+8 Sane.“Leypsig”: Gulachi, Klostermann, Orban, Halstenberg, Simakan (Ramos, 79), Xenrixs, Kampl (Olmo, 52), Laymer, Forsberg (Andre Silva, 52), Soboslai (Haydara, 90+1), Nkunku.
“Bavariya”: Noyer, Pavar (Mazraui, 79), Ernandes, Upamekano (de Ligt, 78), Devis, Zabitser, Kimmix, Myuller (Gravenberx, 68), Mane, Gnabri (Sane, 78), Musiala (Koman, 60).
Ogohlantirishlar: Simakan (36), Kimmix (64), Ernandes (73), Leroy Sane (87), Lukas Klosterman (90+2), Noyer (90+8).
Izoh (0)