Yangi Namangan tumanida 2,8 mlrd so‘mlik uskunalarni sotib yuborgan MCHJ rahbari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, N.S. MCHJ rahbari A.S. ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ymasdan, bank filialidan ajratilgan 2,8 milliard so‘m kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan temir beton mahsulotlari ishlab chiqaruvchi uskunalarni sotib yuborib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)