Namanganda qalbaki 14,2 ming dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida qalbaki 14 200 AQSH dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar X.A. va A.Sh. qalbaki 5 200 AQSH dollarini fuqaro L.ga 1 600 AQSH dollari va 10,9 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan qalbaki 14 200 AQSH dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.