• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12886.9
    • RUB160.87
    • EUR14625.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Sovitkich, mashina va uy. O‘zbek shou-biznesi vakillarining ilk daromadidan qilgan qimmatbaho xaridlari (video)

    Tabiatan insonlar qiyinchilik bilan erishgan narsalarini ko‘proq qadrlashadi. Osonlikcha erishilgan narsalarning qadri esa aksincha bo‘ladi. Xo‘sh, mashhurlarning qiyinchilik bilan erishgan va hamisha shirin xotiralar bilan eslaydigan xaridlari bormi?

    Nilufar Usmonova:  “O‘g‘limni tok urganidan keyin to‘ylarda qo‘shiq aytishga qaror qilganman”

    Foto: Instagram / @saidazamhon

    Foto: Instagram / @saidazamhon

    — Birinchi turmushimdan ajrashgan, onam bilan munosabatlarimiz sovuqlashgan. San’atkor bo‘lishimga qarshi bo‘lgan, undan ko‘ra qayta oila qurishimni istagan. Buni istamaganim uchun o‘g‘limni olib alohida uyga ko‘chib o‘tganmiz. Ammo ko‘p o‘tmay pulsiz yashay olmasligimni tushunganman. Shunday keyin barcha qulayliklarga ega uyimni ijaraga berib, o‘zim undan arzon uyga ko‘chib o‘tganman. Uyning poli ko‘chib, betonlari ko‘rinadigan darajada ta’mirtalab edi. O‘g‘lim xususiy bog‘chaga borardi, ijara uydan olgan pulimning yarmini unga to‘lardim. Qolganini esa o‘zim yashayotgan uy egasiga berib, tuzukroq ro‘zg‘orlik ham qilolmasdim. Faqatgina o‘g‘lim kechki payt yeyishi uchun har kuni tayyor ugra sotib olardim. Oshxonada yoshi mendan ham “katta” sovitkich bor edi. Nima ham bildi-yu, bir kuni o‘g‘lim uni ochganida tok urdi. Saida’zamxonning “uchib” tushganini ko‘rib, tilim aylanmay qoldi.

    Shundan keyin o‘g‘lim uchun harakat qilishim kerakligini anglab, tanish-bilishlarning to‘yiga “qistir-qistir” pul evaziga borganman. To‘ylardan yiqqan pullarimni to‘plab, 1375 AQSH dollariga (narxi ham aniq esimda) katta sovitkich sotib olganman. Bu hayotimdagi o‘z mehnatim bilan xarid qilgan birinchi buyum bo‘lgan. G‘aribona uyda tursak ham katta sovitkichimiz borligidan xursand bo‘lganman, — deydi xonanda Nilufar Usmonova.

    Yulduz Turdiyeva: “Uy olish uchun tanlovda qatnashganman”

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    Foto: Instagram / @yulduz_turdiyeva_official

    — Oila qurganimizdan so‘ng uy-joy masalasida ko‘plab muammolarga uchraganmiz. Chunki to‘ydan avval turmush o‘rtog‘im bilan talabalar yotoqxonasida yashardik. Oila qurganimizdan so‘ng bu yerda er-xotin bo‘lib yashash mumkin emasligini aytishgan. Avvaliga ijara uyga chiqqanmiz, ammo sharoit u qadar yaxshi emasdi. Katta o‘g‘lim tug‘ilganida birinchi qavatdagi xonadonga ko‘chib o‘tgandik. Balkonning oynalari sinib ketgan, panjarasi ham yo‘q edi. Har kuni birov kirmasmikan, degan qo‘rquv bilan tong ottirardim. Bunday sharoitda o‘g‘lim kasal bo‘lib qolishini o‘ylab, uni Buxorodagi qaynonamga berib yuborganmiz. Bolamni sog‘inib yurgan paytimda Ozarbayjonda o‘tkaziladigan Baynalxalq mug‘om festivali haqidagi e’lonni o‘qib qolganman. Bosh sovrin uchun 15 ming AQSH dollari degan joyini o‘qib, ko‘zlarim porlab ketgan. O‘zimcha bu pulga uy sotib olish haqida rejalar tuzganman.

    “Qorabaxshi” qo‘shig‘i— ozaybayjon yuragi deyilarkan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida ishlaydigan Ochil Matjonovdan qo‘shiqni o‘rgatashini so‘raganman. O‘n ikki kun davomida konservotoriyadan ketmay qo‘shiqni o‘rganganman. 2009-yili o‘tkazilgan mug‘om festivalida g‘olib bo‘lib, ilk katta muokoftni qo‘lga kiritganman. Toshkentga qaytganimdan keyin uy olish harakatiga tushganman. Hammasi niyatga yarasha bo‘lar ekan, o‘sha paytda 15 000 AQSH dollariga shahar markazidan ikki xonali uy berardi. Uy sotib olib, oilam bilan unga ko‘chib o‘tganmiz. Bu festival hayotimga quvonch olib kirgan, — deydi xonanda Yulduz Turdiyeva.

    Shahlo Zoirova: “Spark olib, kirakashlik qilganman”

    Foto: Instagram / @shaxlozoirova_official

    Foto: Instagram / @shaxlozoirova_official

    — Hayotda yaxshi yashash uchun intilish, kimningdir ko‘magini kutib yashash kerakmasligini erta tushunganman. Shu bois harakatni ancha erta boshlaganman. Institutga kirish uchun bir necha bor uringanman, ammo uch yil omad kulib boqmagan. O‘qishga kirolmagan yilim ayollar sumkasi sotadigan do‘kon bilan kelishib, savdo bilan shug‘ullanishga qaror qilganman. Savdodan ikki ming AQSh dollarini yig‘ib, bu yil pul berib bo‘lsa ham o‘qishga kiraman, deb ahd qilgandim.

    Ammo o‘sha yili omadim kelib, O‘zbekiston Milliy universitetining Fizika fakultetiga budjet asosida o‘qishga qabul qilinganman. Ikki ming dollar ham yonimga qolgan. Ana shu pulga oylik to‘lov evaziga Spark olib, darsdan so‘ng kirakashlik ham qilganman. Kirakashlik qilayotganimda juda ko‘p qiziqarli voqealar bo‘lgan. Eng qizig‘i, o‘sha paytda “Million” jamoasida faoliyat yuritardim. Bekzod aka taksichilik qilishimni bilib, tanbeh bergandi. “Nima qilay, kirakashlik qilmasam qarzimni uzolmayman”, degandim. Qarzni ikki yarim yil deganda uzganimdan keyin mashina menga qolgandi, — deydi komik aktrisa Shahlo Zoirova.

    Jamshid Hojiniyozov: “Radio efirga kechikmaslik uchun mashina olganman”

    Foto: Instagram / @jamshidxojiniyozov

    Foto: Instagram / @jamshidxojiniyozov

    — Men 1997-yildan Grand radiosiga efir boshlovchisi sifatida ishga qabul qilinganman. Mashina olishga zaruratim bo‘lgan. Chunki efir paytlari uchun tong saharda ishga kelishim yoki juda kech ketishim mumkin edi. Shu bois, efirga kech qolmaslik uchun avtomobil olishga jiddiy ahd qilganman. 1998-yil Nexia rusumidagi mashinalar endi ommalashayotgan payt edi. Pullarimni to‘plab, 23 yoshimda shu mashinandan xarid qilganman. U paytdagi quvonchimni tasvirlab berolmayman, — deydi teleboshlovchi va prodyuser Jamshid Hojiniyozov.

    Xonzoda Qambarova: “18 yoshimda mashina sotib olganman”

    <strong>Foto: Instagram / @ xanna__official</strong>

    Foto: Instagram / @ xanna__official

    — Bolaligimdan mustaqil pul topishga, ro‘zg‘orga ko‘maklashishga harakat qilganman. Tashqi ko‘rinishim chiroyli bo‘lgani va qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rganim uchun to‘ylarga chiqishni taklif etishgan. 17 yoshimdan boshlab, jamoa bo‘lib to‘y-tantanalarda ishtirok etardik. Bir yil davomida ishlab topgan pulimni yig‘ib, mashina olishga qaror qilganman. Chunki mashina oilamiz uchun juda kerak edi. 18 yoshimda spark rusumli ilk mashinamni sotib olganman. Undan keyin to‘yimni o‘tkazganman, — deydi bloger Xonzoda Qambarova.

    Xusnora Shodiyeva: “O‘zimga Chevrolet Equinox sovg‘a qildim”

    Foto: Instagram / @khusnorik

    Foto: Instagram / @khusnorik

    — Samirning otasi to‘ydan keyin menga Malibu avtomobilini sovg‘a qilgandi. Mashina mazza qilib haydardim. Afsuski. U bilan ajrashganimizdan keyin mashinani o‘zlari bilan olib qolishdi. Mashina-ku topiladigan narsa ammo oilamning buzilgani menga qattiq ta’sir qilgandi. Ruhiy tushkunlikka tushib, ancha vaqt ko‘chaga ham chiqmay qo‘yganman. Ammo mashina haydashni juda sog‘inganman. Keyin onam Nexia 3 avtomobilini sovg‘a qildi. Ammo o‘tgan yili o‘z peshana terim bilan topgan pulimga yangi avtomobil oldim. To‘q qizil rangdagi Chevrolet Equinox menga shunisi bilan ham juda qadrli, — deydi xonanda va teleboshlovchi Xusnora Shodiyeva.

    Azoda: “21 yoshimda onamga 3 xonali uy sovg‘a qildim

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    Foto: Instagram / @azodaofficial

    — Shubhasiz, hayotimdagi har bir xarid yodimda qoladi. Chunki keraksiz narsani xarid qilmayman. Ilk marta qimmat telefon olganim ham kechagidek yodimda. Ammo ularning hammasidan ham ko‘ra onamga uy sovg‘a qilgan kunimni eslash yoqimliroq. 21 yoshimda onamga  shahar markazidan 3 xonali uy sovg‘a qildim. Bu hozircha eng qimmat xaridim bo‘ldi. Ammo sarflagan pulim onamning quvonchi oldida hech qanday ahamiyatga ega emas, — deydi bloger Azoda.

    Onasiga uy sovg‘a qilgan yana bir bloger

    2021-yilning 3-avgust sanasi bloger Ozod (Liil) Xurramov va uning oilasi hayotidagi eng quvonchli kunlardan biri sifatida muhrlandi. O‘sha kuni bloger onasining ko‘p yillik orzusini amalga oshirib, yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib oldi.

    “Oilada opam, akam va men- uch farzandmiz. Sovet davrida qurilgan eski uyda ijarada yashardik. Onam har kuni ‘Qaniydi, bir Vatanim (uyim) bo‘lsa’, deb orzu qilardi. Men esa ushbu so‘zlarni eshitganimda, kun kelib onamni xursand qilaman, deb niyat qilardim”, — deydi Ozod Xurramov

    Mavzuga doir:

    • “Bitta klipga 1500 dollar evaziga suratga tushaman”. Telegram nimaligini bilmagan Xoliqjon vaynes qanday qilib internet yulduziga aylangani haqida (video)
    • “Sendan aktyor chiqmaydi, deyishgandi”. O‘zbekistonlik mashhurlarning orzularga erishish yo‘lida taslim bo‘lmaslikka undovchi hikoyalari
    • Kasting-menejerlar tomonidan rad etilgan bo‘lsa-da, orzusidagi rolni qo‘lga kiritgunicha harakatdan to‘xtamagan Gollivud yulduzlari (foto)
    • Sotuvchi, murabbiy, oshpaz va modellikdan aktyorlikkacha: Bollivudning Tom Kruzi —Akshay Kumar karyerasini qurguncha qanday yo‘llarni bosib o‘tgan? (foto)
     

     

     

    20.07.2022, 18:42   Izoh (0)   51376
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘rgimchak odam” hikoyasi: Tobi Maguayrning oddiy boladan Gollivudning eng sevimli yulduzigacha bo‘lgan hayot yo‘li

    20.07.2022, 16:36

    Munisa Rizayeva, Nilufar Usmonova, Imron va boshqa xonandalar bir kunda nechta to‘y xizmatiga boradi?

    20.07.2022, 14:59

    “Vazir bo‘lgan kunim kabinetda o‘tirib, onamning so‘zlarini eslab yig‘ladim”. Ozodbek Nazarbekov onasi haqidagi xotiralari hamda nima sababdan to‘ylarga chiqa olma...

    20.07.2022, 12:45

    Priyanka Chopra 40 yoshda: Bollivud yulduzi haqida 15 ta qiziqarli fakt (foto)

    20.07.2022, 09:55

    Instagram: Yangi mashinali bo‘lgan Munisa Rizayeva, Nilufar Usmonova ta’tilda, Kaniza duo oldi

    19.07.2022, 22:25

    Yuriy Yakovlev, Charli Chaplin va bir filmda bir nechta obrazlarni gavdalantirgan boshqa mashhurlar (video)

    19.07.2022, 20:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uch shahar birlashuvidan hosil bo‘lgan shaharga fotosayohat

    Dunyo | 28 may, 13:35

    Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot dronlar hujumi sabab Qozonga qo‘ndi (video)

    O‘zbekiston | 28 may, 13:23

    Muzlatgichda saqlash mumkin bo‘lmagan 6 meva

    Layfstayl | 28 may, 13:20

    Isroil G‘azo sektorida 22 ta noqonuniy aholi punktlari quradi

    Dunyo | 28 may, 13:14

    “Barselona” yaqin vaqt ichida yangi transferni e’lon qilishi mumkin

    Sport | 28 may, 12:56

    Qurg‘oqchilik sababli Afg‘onistonda bug‘doy va un narxi oshishi mumkinmi?

    Dunyo | 28 may, 12:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.