Ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda yosh yigit katta ehtimol bilan o‘ldirilib, daraxtga osib ketilgani haqida xabar chiqarilgan.
Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, 19-iyul kuni Ohangaron tumani, “Alisher” MFY hududidagi yo‘l yuzida joylashgan daraxtda 26 yoshli erkakning murdasi bo‘yin sohasidan osilgan holatda topilgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumning o‘limi bo‘yin sohasini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqani ko‘rsatilgan.
Marhumning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.
Ohangaron tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)