Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pentagon Xitoyning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi “xavfsiz bo‘lmagan” va “noprofessional” harakatlaridan xavotirlar tufayli AQSH armiyasining Xitoy armiyasi bilan so‘nggi besh yil ichidagi harbiy aloqalarini har tomonlama tahlil qiladi. Bu haqda Mudofaa vazirligining uch nafar rasmiysiga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Tegishli ko‘rsatma AQSH shtablari boshliqlarining qo‘shma qo‘mitasi raisi Mark Milli tomonidan berilgan, chunki Xitoy samolyotlari va kemalari ba’zan AQSH harbiy obyektlariga juda yaqin joylashtirilmoqda, deyiladi xabarda. CNN’ning ismini oshkor etmagan suhbatdoshlari Milli xitoylik harbiylarning xatti-harakatlaridagi o‘zgarishlar tahlilini olmoqchi ekanini ta’kidladi.

AQSH va Xitoy armiyalari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasi shu qadar nozikki, tomonlar ko‘pincha voqealarni oshkor etmaydi, deb yozadi CNN. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyida maxsus kuchlar tomonidan foydalanilgan Amerikaning C-130 transport samolyoti Xitoy samolyotlari bilan “to‘qnashib ketganga o‘xshash hodisa” yuz bergan. Ammo Pentagon ushbu hodisani rasman tan olmadi, deb ta’kidlaydi telekanal.

“Xitoy o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida iqtisodiy va harbiy jihatdan yuksalib kelmoqda. U Tinch okeanida yanada jasoratli bo‘ldi”, — dedi Milli CNN’ga. Uning qo‘shimcha qilishicha, “strategik xavf” tomonlar o‘rtasidagi aloqa liniyalarini saqlab qolish va “raqobatni boshqarish” orqali kamayishi mumkin.

Xitoy harbiylarining xavfli harakatlari haqida Pentagon avvalroq xabar qilgan edi. Iyun oyi o‘rtalarida AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Xitoyning Osiyodagi xavfsizlikka tahdid soladigan bir qator tajovuzkor harakatlari haqida gapirgan. U Vashington o‘z ittifoqchilari bilan bosimga qarshi turishga va’da bergan.

Mavzuga doir: Xitoy Tayvan hududida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini e’lon qildi

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi