Shveysariyaning kompaniyasi Zominda kanat yo‘li quradi. Bu haqda Snow Industry News xabar berdi. Zominda yangi kurort va tog‘-chang‘i zonasi barpo etililishi rejalashtirilmoqda. Shveysariyaning Bartolet kompaniyasi u yerda kanat yo‘li qurish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Porsche Design Studio dizaynidagi 8 o‘rinli kanat bilan 2500 metr balandlikda har soatda 1200 kishini tashish mumkin bo‘ladi.
Bartolet kanat liftni 2023-yil 1-aprelda ishga tushirishi kutilmoqda. Rejaga ko‘ra, shu sanadan boshlab kurort va tog‘-chang‘i zonasi ham ishga tushiriladi.
Avvalroq Jizzaxda KIA yig‘ishning 2-bosqichi ishga tushirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)