Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi ikki qavatli supermarket kimoshdi savdosida sotildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga Surxondaryo viloyati davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qo‘yilgan edi.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,62 gektar. Binoning maydoni — 4 635 kvadrat metr. Unda gaz, suv, elektr ta’minoti mavjud. Kanalizatsiya tizimi esa yo‘q.
Auksionga qo‘yilgan binoning boshlang‘ich bahosi — 19,7 mlrd so‘m edi. Savdolar 13-iyul kuni 10:00 da o‘tkazildi va supermarket 20,7 mlrd so‘mga sotildi.
G‘olib sifatida ‘‘Multi Super Market’’ ko‘rsatilgan.
Avvalroq Toshkentdagi 3 xonali uy MIB tomonidan 1,2 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)