• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Qurilish vazirliklari... O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari qoniqarsiz bo‘lgan davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

    Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Antikorrupsiya agentligi davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash ishlari yakunlanganini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mazkur qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yagona mezon asosida baholash tizimi joriy etilib, bunda baholash 29 ta maxsus indikatorlar asosida “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshirilishi belgilangandi. Indikatorlar tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining mavjudligi, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va minimallashtirish choralarining ko‘rilganligi, rahbar xodimlarning halollik bo‘yicha shaxsiy namunasi, xodimlarning xabardorlik darajasi, tashkilotning korrupsiyaga qarshi huquqiy targ‘ibotdagi faolligi kabi beshta asosiy yo‘nalishlardagi turli ko‘rsatkichlarni tahlil qilish imkonini beradi.

    Qaror talablaridan kelib chiqib, baholash birinchi bosqichda o‘z tizimida korrupsiyaga qarshi standartlarni joriy etayotgan 24 ta tashkilotda eksperiment tariqasida o‘tkazilgan. Baholash jarayonini samarali tashkil qilish maqsadida agentlik tomonidan qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan:

    • “E-Anticor.uz” elektron platformasi ishga tushirilgan;
    • 2-fevral kuni baholash o‘tkaziladigan 24 ta davlat tashkiloti mas’ul xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazilib, elektron platformadan foydalanish tartibi bo‘yicha qo‘llanmalar taqdim etilgan.
    Reyting baholash natijalarining xolisligini ta’minlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat bo‘lgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantirilib, ular tomonidan tashkilotlar taqdim qilgan ma’lumotlar tahlil qilinib, xulosalari olingan. Baholash davlat tashkilotlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda bir necha tendensiya va uslublardan foydlanib, amalga oshirilayotganini ko‘rsatgan.
    “Xususan, Davlat bojxona va Soliq qo‘mitalari o‘z tizimidagi barcha korrupsion xavf-xatarlarni baholash va ulardagi xatar omilini minimallashtirish hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi faoliyatini barcha tarkibiy va hududiy bo‘linmalarda tashkil etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini joriy qilgan. Bu, o‘z navbatida, barcha jarayonlarni nazorat qilish mavjud xavflarga tezkorlik bilan munosabat bildirib borish imkonini beradi.

    Bundan tashqari, davlat tashkiloti rahbarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murosasiz pozitsiyasi va tashkilot tizimiga, ayniqsa aholi va tadbirkorlar bilan bevosita munosabatga kirishuvchi yo‘nalishlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali korrupsiyaga qarshi kurashish tendensiyasi ham mavjud. Bunga misol sifatida Adliya vazirligi, Davlat bojxona, Soliq va Statistika qo‘mitalarini ko‘rsatish mumkin.

    Umuman olganda, baholash natijalari joriy yil “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan korrupsiyaning tarqalganlik darajasini jamoatchilik ongida idrok etilishini baholashga qaratilgan so‘rov natijalari bilan hamohang ekanligini ko‘rsatdi.

    Xususan, so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aholi tomonidan eng korrupsiyalashgan yo‘nalishlar sifatida qayd etilgan sog‘liqni saqlash, kadastr, oliy ta’lim sohalariga javobgar bo‘lgan Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati “E-Anticor.uz” elektron platformasiga kiritilgan ma’lumotlarni tahlil qilish va ekspertlar fikriga ko‘ra qoniqarsiz deb topildi.

    Bu esa korrupsiyaning tarqalganlik darajasini pasaytirish avvalambor, tashkilotda uning oldini olish uchun qo‘llanilayotgan preventiv mexanizmlarga bevosita bog‘liq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi, deyiladi xabarda.

    Ta’kidlanishicha, reyting baholash natijalari u yoki bu tashkilot (soha)ni korrupsiyalashgan yoki korrupsiyadan xoli degan fikrni bermaydi.

    Bundan tashqari, “E-Anticor.uz” elektron platformasiga ayrim hujjatlar yoki qilingan ishlar kiritilmagan yoki noto‘g‘ri kiritilgani oqibatida tashkilotlarga tegishli ballar berilmasligining oldini olish maqsadida reytingning dastlabki natijalari tashkilotlarga taqdim qilingan, ularning fikr va e’tirozlariga asosan yakuniy reyting shakllantirilgan.

    Baholash natijalariga ko‘ra, 24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, 3 ta tashkilot faoliyat samaradorligi “yaxshi” – 81 balldan 100 ballgacha, 10 ta tashkilot faoliyati “qoniqarli” – 55 balldan 81 ballgacha va 11 ta tashkilotning ushbu yo‘nalishdagi faoliyati “qoniqarsiz” – 55 balldan past toifalarga ajratilgan.

    1-guruh – faoliyati “yaxshi” deb topilgan tashkilotlar:

    Baholash natijalariga ko‘ra, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati yaxshi deb topilgan.

    2-guruh – faoliyati “qoniqarli” deb topilgan tashkilotlar:

    Baholash natijalariga ko‘ra Adliya, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Maktabgacha ta’lim, Transport vazirliklari, Davlat statistika qo‘mitasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, Davlat aktivlarini boshqarish, Texnik jihatdan tartibga solish agentliklari, Toshkent shahar va Toshkent viloyat hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati qoniqarli deb topilgan.

    3-guruh – faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan tashkilotlar:

    Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, Xalq ta’limi, Qurilish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Moliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish, Kadastr agentliklari, Bo‘ka va Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.

    Baholash davlat rahbari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalarning qay darajada samarali amalga oshirilayotganini monitoring qilish mexanizmini yaratish bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sohada sog‘lom raqobat muhitini kuchaytirish, tashkilot rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirishga va korrupsiyaga qarshi kurashishda xalkaro standartlarga asosan yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Baholash yakunlari bo‘yicha:

    • “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi;
    • “qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar kiritiladi;
    • “qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi va ijrosi ta’minlash yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari har chorakda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning yig‘ilishlarida eshitib boriladi.
    Reyting baholash natijalari Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashiga yuborilgan.

    Mazkur reyting baholash tizimi yil yakuniga ko‘ra barcha davlat idoralari va tashkilotlari faoliyati bo‘yicha amalga oshiriladi va jamoatchilikka e’lon qilib boriladi.

    15.07.2022, 13:19   Izoh (0)   23223
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” 16-iyulda qanday ob-havo bo‘lishini e’lon qildi

    15.07.2022, 12:23

    Metan narxini oshirishning obyektiv sabablari yo‘q. Energetika vazirligi gaz quyish shoxobchalarida narxlar oshgani haqida

    15.07.2022, 11:59

    Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasining muddati 1-avgustgacha uzaytirildi

    15.07.2022, 11:34

    O‘zbekistonda o‘qishni “perevod” qilish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi

    15.07.2022, 11:23

    O‘zbekistonda koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni ortdi

    15.07.2022, 10:32

    O‘zbekistonda oilaviy bog‘chalarga 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi

    15.07.2022, 10:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:23

    “Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozondi” — Vengriya bosh vaziri

    Dunyo | 13 avgust, 15:15

    O‘zbekistonda fermerlarga paxtaning har bir tonnasi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:57

    Shavkat Mirziyoyev paxta “spekulyatsiyasi” bilan shug‘ullanayotganlarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:46

    Misrdagi tilla bilan qoplangan eng qadimgi mumiyo qanday ko‘rinishda? (foto)

    Ilm-fan | 13 avgust, 14:45

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.