Ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati ko‘rib chiqilmoqda.
Unda so‘zga chiqqan deputat Jahongir Shirinov Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 1-avgustgacha uzaytirishni taklif qildi. Bunga sabab qilib o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha ko‘plab takliflar kelib tushayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Bosh qomusi 60 dan ortiq modda va 200 dan ortiq normaga o‘zgartirish kiritish kutilmoqda.
Deputatlar yuqoridagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.
Izoh (0)