Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosh vazir Abdulla Aripov Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida” 2022-yil 30-iyunidagi 348-son qarorining amal qilishini vaqtincha to‘xtatib turish haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarorini imzoladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, bu aholi, iqtisodiyot tarmoqlar va tadbirkorlik subyektlarini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash hamda narx shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazish ishlarini puxta tahlil qilish maqsadida amalga oshirilgan.

Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov va energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayev zimmasiga yuklangan.

Eslatib o‘tamiz, bekor qilingan qaror bilan yoqilgi-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyuldan va 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlari tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, ishlab chiqarish korxonalari uchun elektr energiyasi gaz narxi oshishi kerak edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar