Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida uch egizak tug‘ildi. Ularga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sharafiga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Adliya boshqarmasi axborot xizmati rahbari Shohida Shoimova xabar berdi.

Foto: Shohida Shoimova

Foto: Shohida Shoimova

Ma’lum qilinishicha, chaqaloqlar 2022-yilning 8-iyul kuni tug‘ilgan.

“Koson tumanining ‘Guvalak’ mahallasida yashovchi 26 yoshli O‘g‘iloy Elsariyeva birvarakayiga uch egizak farzandni dunyoga keltirdi. Egizaklarning tug‘ilishi 8-iyul kuni soat 07:30 da Koson tuman FHDY bo‘limi tomonidan qayd qilinib, tug‘ilganlik guvohnomalari topshirildi”, — deydi Shohida Shoimova.

Foto: Shohida Shoimova

Foto: Shohida Shoimova

Ta’kidlanishicha, tug‘ruq tabiiy yo‘l bilan, asoratsiz o‘tkazilgan.

“Egizaklarning kattasi 1,2 kg, ikkinchisi 2,26 va uchinchisi 1,13 kg vazn bilan tug‘ilgan bo‘lib, ularga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlari qo‘yildi”, — deyiladi boshqarma axborot xizmati ma’lumotida.

Oila vakillarining aytishicha, ayni paytda go‘daklarning ahvoli yaxshi. Ona va bolalar viloyat perinatal markazida shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi