Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pitssa kabi mazali ushbu taom sabzavotlardan tayyorlanadi. Uni klassik pitssa ingrediyentlari bilan, ya’ni pishloq, cherri pomidori, pomidor qaylasi va zaytun bilan boyiting. Ushbu taomni ta’bingizga qarab turli ko‘katlar, sabzavotlar bilan bezatishingiz mumkin.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • Qovoqcha — 1 ta;
  • Tozalangan zaytun — ta’bga ko‘ra;
  • Pishloq —  100 g;
  • Pomidor qaylasi — 4 osh qoshiq;
  • Cherri pomidori — 12-16 dona;
Tayyorlanishi:
  1. Qovoqchani uzunligi bo‘ylab yarmidan bo‘ling. Ularning o‘rtasini qoshiq bilan o‘yib oling.
  2. Har bir zaytun bo‘lagini 2-3 qismga bo‘lib maydalang. Pishloqni ham maydalang.
  3. Qovoqchaga pomidor qaylasini surting va ustidan pishloq seping. Uning ichini pomidor va zaytun bilan to‘ldirib, ustidan yana pishloq seping.
  4. Qayiq shaklidagi qovoqchalarni 25 daqiqa 180 darajada pishirib oling.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda