4-iyulda Italiyaning so‘nggi 70 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan Po daryosi atrofidagi hududlarda favqulodda holat joriy qilingandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu hududda mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qariyb uchdan bir qismi yetishtiriladi.
Hukumat qarori qog‘ozbozlikni qisqartirish va zudlik bilan choralar ko‘rish, masalan, uylar hamda korxonalar uchun suv me’yorini belgilash imkonini beradi.
Po daryosi — Italiyadagi eng uzun daryo bo‘lib, 650 km dan uzoqroq masofani tashkil qiladi.
Biroq suv yo‘lining ko‘p qismlari qurib qolgan, fermerlarning aytishicha, oqim shu qadar zaifki, dengiz suvi chuqur singib, ekinlarni nobud qilmoqda.
Mamlakat fermerlar assotsiatsiyasi yetkazilgan zararni 3 mlrd yevrodan ortiq deb baholamoqda.
Hukumat bayonotida aytilishicha, favqulodda choralar Po daryosi bilan chegaradosh yerlar va sharqiy Alp tog‘lari suv havzalarini qamrab oladi.
Umuman olganda, favqulodda holat besh shimoliy mintaqa — Emiliya—Romanya, Friuli—Venetsiya—Juliya, Lombardiya, Pemont va Venetoda amal qiladi.
Hukumat muammoni hal etish uchun 36,5 mln yevro ajratdi.
Avvalroq Italiya parlamentidagi eng yirik partiya Ukrainaga qurol yetkazib berish masalasi tufayli parchalanib ketgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)