Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi Mineralniye Vodi va Urganchni to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar bilan bog‘ladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, ushbu aviakompaniya samolyoti 6-iyul kuni soat bortida 92 yo‘lovchi bilan Urganch xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Mineralniye Vodi—Urganch—Mineralniye Vodi yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchi parvozini amalga oshirgan samolyot an’anaga ko‘ra, suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olingan.
Ushbu yo‘nalish parvozlar muntazam ravishda SU-95 samolyotlarida haftada bir marta chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Shuningdek, yaqin kelajakda aviakompaniya Mineralniye Vodidan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun 2022-yilning martida ruxsat olgandi. Aviakompaniya 11-iyundan ilk bor Navoiyga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshladi.