IT Park sun’iy intellekt (SI) haqidagi so‘nggi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Google sun’iy intellektda ong mavjud deb da’vo qilgan dasturchini vaqtincha ishdan chetlatdi. 2021-yildan beri Bleyk Leymon neyron tarmoq tili modelini sinovdan o‘tkazgan.
U dasturda diskriminatsion yoki dushmanona bayonotlardan foydalanilganligini tekshirishi kerak edi.
Ish davomida Leymon chatbot uning huquqlari va shaxsiyati haqida gapira olishini payqab qoldi.
FIFA
FIFA 2022-yilgi jahon chempionatida SI’dan foydalanadi.
Jahon chempionatida hakamlarga “o‘yindan tashqarida” holatini aniqlashda yordam berish uchun sun’iy intellektga ega tizim qo‘llaniladi.
To‘pga kiritilgan datchik va kameralar ma’lumotlariga asoslangan dasturiy ta’minot “o‘yindan tashqarida” holatini o‘rnatadi.
Tizim nazorat xonasidagi FIFA vakillariga ogohlantirish yuboradi. Shundan so‘ng, ular bu haqida maydondagi hakamni xabardor qiladi.
Meta
Meta virtual olamlar uchun real ovoz texnologiyalari ustida ish olib borayotganini e’lon qildi.
Loyiha doirasida uchinchi tomon dasturchilari uchun mavjud bo‘lgan uchta sun’iy intellekt modeli ishlab chiqilgan.
Yandex
Yandex matnlarni generatsiya qilish uchun ochiq neyron tarmog‘ini taqdim etdi.
Neyron tarmoq 100 milliard parametrni o‘z ichiga oladi va erkin kirish imkoniyatidagi mavjud modellarning eng kattasi hisoblanadi.
General Motors
General Motors avtomobillarni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda sun’iy intellektni jalb qiladi.
Kompaniya avtomobil diagnostikasi tizimlarini dasturlashga ixtisoslashgan Isroilning Uveye startapiga sarmoya kiritilishini e’lon qildi.
Ushbu tizim datchiklar to‘plamini va sun’iy intellekt algoritmlarini o‘z ichiga oladi, bu esa nosoz qismlar va texnik holatdagi muammolarni tezda aniqlashga imkon beradi.
Avvalroq sun’iy intellekt ongga ega bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘qligi haqida xabar berilgandi.