Yana bir qancha yuqori martabali amaldorlar Britaniya hukumatini tark etdi, jumladan, atrof-muhitni muhofaza qilish va adliya vaziri. Jami o‘ttizga yaqin davlat xizmatchisi iste’foga chiqishini e’lon qildi.
Britaniya parlamentining Jamoatlar palatasida nutq so‘zlagan Bosh vazir Boris Jonson muxolifatning ish rejasi yo‘qligini va hukumat janjallarga chalg‘imasligini ma’lum qildi.
“Mamlakat iqtisodiy bosimga uchrayotgan, byudjetga bosim ostida qolayotgan, Yevropada so‘nggi 80 yildagi eng katta urush davom etayotgan shunday og‘ir vaziyatda, biz hukumatdan o‘z ishini davom ettirishi, ishdan ketmasligi, diqqatni Britaniya xalqi uchun muhim bo‘lgan narsaga qaratishini kutishimiz kerak” deydi Boris Jonson.
Boris Jonson jinsiy tajovuzkorlik bo‘yicha tergovda ishtirok etgan shaxsning Konservativ partiyadagi lavozimiga tayinlanishi bilan bog‘liq mojaro fonida iste’foga chiqishga chaqirilmoqda.