Ukrainaning Donetsk viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko odamlarni hayotni saqlab qolish va shaharni rus qo‘shinlaridan yaxshiroq himoya qilish uchun aholini evakuatsiya qilishga chaqirdi.
Bu haqda u 5-iyul kuni Ukraina qurolli kuchlari mintaqaviy shtab-kvartirasi joylashgan Kramatorskdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.
“Butun mamlakat taqdirini Donetsk viloyati hal qiladi. Odamlar kamroq bo‘lsa, biz dushmanga ko‘proq e’tibor qaratishimiz va asosiy vazifalarimizni bajarishimiz mumkin” — degan gubernator.
Associated Press agentligining yozishicha, gubernatorning aholiga murojaati urush boshlanganidan beri amalga oshirilgan eng yirik evakuatsiyalardan biri bo‘lishi mumkin, gap 350 ming kishini olib chiqish haqida ketmoqda. Shu bilan birga, agentlikning ta’kidlashicha, odamlar ketishni xohlaydimi va buni xavfsiz bajara oladimi, aniq emas.
Izoh (0)