Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iyun oyida Turkiyada iste’mol narxlari yillik ko‘rsatkichda 78,6 foizga o‘sdi va ketma-ket 13 oy davomida inflyatsiya tezlashdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Turkiyada energiya narxlari 151 foizga, transport xizmatlari 123,4 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari narxi 93,93 foizga qimmatlashdi.

Aholini qo‘llab-quvvatlash uchun rasmiylar mamlakatda eng kam oylik miqdorini oshirishga qaror qilishgan edi, ammo mutaxassislar bu vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkinligini aytishmoqda.

Inflyatsiyaning bu darajada ko‘tarilib ketishiga Turkiya Markaziy bank yumshoq pul-kredit siyosatini olib borayotgani va 1 yildan oshiq vaqt ichida foiz stavkani oshirmagani sabab bo‘lmoqda. 

Ayni paytda lira hamon zaiflashib bormoqda va 1 dollar uchun 16,8 dollar bo‘lib turibdi.

Endi Turkiyada mehnatga haq to‘lashning eng jam miqdori 5500 lirani (taxminan 328 dollar yoki 3,5 million so‘m) tashkil etadi. Taqqoslash uchun, avval 4250 lira (taxminan 254 dollar yoki 2,7 million so‘m) edi.

Rasmiy darajada miqdor 74 dollarga oshgan, biroq yil boshidan buyon lira 20 foizga qadrsizlangani sababli, asl o‘sish atigi 9 dollarni tashkil qildi.

Turkiya mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorini qiyin iqtisodiy vaziyat tufayli oshirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi