Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ba’zi hind aktrisalarining ismlarini bolalikdan bilamiz. Boshqalar bizga yaxshi tanish, chunki ular jurnal muqovalarini bezab turadi va nafaqat Hindistonni, balki Gollivudni ham zabt etgan. Bu aktrisalar nafaqat iste’dodli, balki o‘ziga xos uslub va jozibaga ham ega.

 Ayshv1ariya Ray

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Ko‘pchilik taniqli aktrisa Ayshvariya Ray o‘zining aktyorlik faoliyatini 1994-yilda “Dunyo go‘zali” tanlovidagi g‘alabasi tufayli boshlagan deb o‘ylaydi. Aslida esa u o‘sha vaqtga qadar filmlarda rol o‘ynash uchun kamida 4 ta taklifga ega edi. Uning ishtirokidagi “Devdas” (2002) filmi ming yillikning eng yaxshi filmlaridan biri sifatida tan olingan.

Ayshvariyaning aytishicha, garchi u sog‘lom ovqatlansa va o‘zini formada saqlasa ham dietani yoqtirmaydi. Yana bir ma’lumot, ekzotik lola turlaridan biri uning nomi bilan atalgan.

Frida Pinto

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Frida Hindistonning Bombey shahrida tug‘ilgan bo‘lsa-da, uning ota-onasi aslida portugaliyalik. Uning familiyasi portugal tilida “kichik qush” degan ma’noni anglatadi. Frida 11 yoshida aktrisa bo‘lishni xohlashini tushunadi. Ammo karyerasini boshlashdan oldin 2 yil davomida professional model sifatida ishlaydi.

Olamshumul shuhratni unga “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan “Xarobadan chiqqan millioner” filmidagi bosh qahramonning sevgilisi roli bilan keldi. Shundan so‘ng iste’dodli qiz o‘zini ko‘p qirrali aktrisa sifatida ko‘rsatdi, “Maymunlar sayyorasining yuksalishi” fantastik filmida va Vudi Allenning komediya dramasida rol o‘ynadi. Tez orada “Janob Malkolmning ro‘yxati” tarixiy dramasi ekranga chiqadi, unda Frida bosh rolni o‘ynaydi.

Priyanka Chopra

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Priyanka Chopra — nafaqat Bollivudda, balki Gollivudda ham mashhur aktrisa — maktabni bitirgach, dasturchi yoki sud psixologi bo‘lishni xohlaydi. Ammo 2000-yilda “Dunyo go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgandan so‘ng aktrisalikka o‘qiydi va kinodagi faoliyatini boshlaydi.

“Kuantiko” filmida bosh rolni ijro etishdan oldin Priyanka pop yulduz edi. U Hindistonda mashhur bo‘lgan bir nechta musiqiy singllarni chiqargan. Aytgancha, Chopra aktrisa Sofi Ternerning qarindoshi. Axir ularning erlari aka-uka musiqachilar Nik va Jo Jonasdir.

Karina Kapur

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Karina mashhur hind rejissori Raj Kapurning nabirasi. Avvaliga u aktrisa bo‘lishni xohlamagan, hatto Garvardda mikrokompyuterlar va axborot texnologiyalarini o‘rgangan. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, Karina aktyorlik sulolasini davom ettirishga qaroq qiladi.

Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar — “Uch savdoyi”, “Do‘st bo‘lib qolamizmi?”, “Gohi shodlik, gohi g‘am”. Bundan tashqari, aktrisa 2 ta avtobiografik kitob ham yozgan.

Kajol

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Kajol Devgan — aktyorlar sulolasining davomchisi, 4-avlod aktrisa. Ayshvariya Ray bilan birga u eng mashhur Bollivud aktrisalaridan biridir. Uning ishtirokidagi eng mashhur kartinalar: “Mening ismim Xon”, “Hayotda hamma narsa bo‘ladi”, “Gohi shodlik, gohi g‘am” va “O‘g‘irlanmagan kelin”.

1999-yilda yulduz aktyor va rejissor Ajay Devgan bilan turmush qurgan, hozirda er-xotinning 2 farzandi bor. Kajol bo‘sh vaqtini xayriya ishlariga bag‘ishlaydi va she’rlar yozadi.

Alia Bhatt

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Alia Bhatt rejissor Mahesh Bhatt va aktrisa Soniya Razdan oilasida tug‘ilgan. U o‘smirlik chog‘ida kinoda suratga tusha boshlagan va muvaffaqiyatga erishgan. “Uchadigan Panjob” dramasidagi roli sabab Alia “Eng yaxshi ayol roli” uchun Hindiston “Oskar”ini oladi. 2022-yilda u Raj Kapurning nabirasi Ranbirga turmushga chiqdi.

Filmlardagi faoliyatidan tashqari, Alia Bhatt atrof-muhitni muhofaza qilish kampaniyalarida ishtirok etadi. Shuningdek, u o‘zining ayollar kiyimlari brendiga ega. Uning ishtirokidagi so‘nggi filmlardan biri — “Gangubay Katavadi” Berlin kinofestivalida namoyish etildi.

Priti Zinta

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Ertangi kun keladi yoki yo‘q” va “Salom namaste” filmlarining yulduzi ingliz tili va kriminal psixologiya bo‘yicha imtiyozli diplomga ega. Uning aktrisa sifatidagi faoliyati shokolad reklamasi bilan boshlangan. Do‘stining tug‘ilgan kunida Pritini ko‘rib qolgan rejissor uni suratga olishga taklif qilgan.

Rani Mukerji

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Rani oilasining ko‘plab a’zolari hayotlarini kino bilan bog‘lab, rejissor, aktyor, prodyuser bo‘lishgan. “Oilamizda aktrisalar ko‘p edi, shuning uchun dastlab men boshqa kasb egasi bo‘lishni xohlaganman”, — deb eslaydi u.

Shunga qaramay, Rani filmlarda rol o‘ynashni boshlaydi, hatto Bollivudning eng yaxshi aktrisalari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda u kinodan tashqari xayriya ishlari bilan ham shug‘ullanib, ayollar va bolalar muammolariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Dipika Padukone

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Mashhur hind aktrisasi Dipika Padukone Daniyada tug‘ilgan, bir yildan so‘ng uning oilasi Hindistonga ko‘chib o‘tadi. 2018-yilda Dipika yilning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kiritildi. Qiz o‘z karyerasini “Kokteyl” va “Chennay Ekspress” kabi romantik komediyalarda rol o‘ynashdan boshlagan.

Sushmita Sen

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Sushmita “Koinot go‘zali” unvonini qo‘lga kiritgan birinchi hindistonlik hisoblanadi. Bu unvonga 1994-yilda u 18 yoshida sazovor bo‘lgan. Bir necha yil o‘tgach, aktrisa bo‘lishga qaror qiladi. Sushmitaning eng katta muvaffaqiyati mashhur aktyor Shohrux Xonning sevgilisi rolini o‘ynagan “Men yoningdaman!” jangovar filmidagi ishtiroki bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi