• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘istonga O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kuch va vositalari jalb etiladi

    Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 3-iyuldan 2-avgustgacha favqulodda holat joriy etilib, bir qator chora va vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilishi ma’lum qilingandi. Favqulodda holat amal qilishi davrida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kuchlari va vositalari qo‘shimcha ravishda jalb etiladi.

    Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun aniq tahdid, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga hujum qilish, ularning qurol va texnikasini egallab olish holatlarini inobatga olib, shuningdek, O‘zbekistonning “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunining 23-moddasiga muvofiq Mudofaa vazirligi kuch va vositalari quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladi:

    • favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini ta’minlash;
    • aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini ta’minlovchi obyektlarni hamda insonlarning hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, atrof-muhit uchun yuqori xavf tug‘diradigan obyektlarni muhofaza qilish;
    • qurol, jangovar va maxsus texnika qo‘llanilgan holda zo‘ravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan qarama-qarshi kurashayotgan taraflarni ajratish;
    • qonunga xilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga chek qo‘yishda ishtirok etish;
    • favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda, shuningdek odamlarning hayotini saqlab qolishda ishtirok etish.
    Farmonga ko‘ra, favqulodda holat rejimi sharoitida o‘rnatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul etib Qoraqalpog‘iston hududi komendaturasi, O‘zbekiston IIV, Milliy gvardiya, DXX, FVV, shuningdek, O‘zbekistonning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalari belgilandi.

    Qoraqalpog‘istondagi vaziyat

    1-iyul kuni soat taxminan 15:00 lardan boshlab Nukusda ayrim fuqarolar amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda ko‘cha yurishlarini tashkil qildi. Nukusning Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirildi.  Jamoat tartibining buzilishini oldini olish hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etildi.

    Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi va Ichki ishlar vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, bir guruh jinoyatchi shaxslar populistik shiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va ishonchini manipulyatsiya qilib, tartibsizliklar tashkilotchilari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy binolari oldidagi maydonga yig‘di va ushbu davlat muassasalarini egallab olishga va shu orqali jamiyatda ixtilof keltirib chiqarish, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan chiqarishga urindi.

    Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilingan qat’iy choralar bilan tashabbuskorlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari to‘xtatilib, ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo‘yildi.

    Shavkat Mirziyoyev 2-iyul kuni Nukusga bordi va Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda prezident Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga tegishli moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini aytdi. Qoraqalpog‘iston xalqiga murojaat qilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumdan keyingina qonuniy tusga kirishini aytib, fuqarolarning xohish-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyiha o‘zgarib, takomiliga yetkazilishini ta’kidladi.

    Davlat rahbari hozirgi vaziyatda barcha fuqarolarni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish ko‘rishga, turli g‘arazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslikka da’vat etdi.

    03.07.2022, 10:13   Izoh (0)   75334
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston prezidenti samolyoti yana Nukusga uchib ketdi

    03.07.2022, 10:09

    “Tinchlik — juda bebaho ne’mat”. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi aholiga videomurojaat bilan chiqdi

    03.07.2022, 09:31

    Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat davrida qanday cheklovlar amal qilishi ma’lum bo‘ldi

    03.07.2022, 08:55

    Farg‘onada uyida marixuana saqlagan fuqaro ushlandi

    03.07.2022, 08:00

    Buffalolar poygasi, raqs tushayotgan delfinlar, odamlar bilan to‘lgan suv havzasi. Hafta suratlari

    03.07.2022, 00:56

    Namanganda ochiq qolgan mashinadan pul o‘margan shaxs qo‘lga olindi

    02.07.2022, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.