To‘raqo‘rg‘on tumani “Birlashgan” mahallasida yashovchi fuqaro 2022-yil 30-iyun kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, Damas’ni yashash uyi oldida qarovsiz qoldirganidan foydalangan noma’lum shaxs, avtomashina oynasini ochib, salonda bo‘lgan 1 500 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB EKG tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida, 3 dona qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi orqali tekshirildi.
Ushbu qo‘l barmoq izlarining 2 donasi, bir shaxsga tegishli ekani tasdiqlanib, uning o‘ng qo‘l o‘rta va nomsiz barmoqlariga mos kelgani aniqlandi. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsdan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)