Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuvda nutq so‘zladi.
“Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonni, albatta, birgalikda quramiz! Shu sohadagi barcha islohotlarimiz, muhokamalarimiz, hech shubhasiz, demokratiya va huquqiy mezonlar asosida amalga oshirilishi zarur.
Ayni vaqtda tinchlik va osoyishtalik, jamoat xavfsizligini buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga nisbatan qonun doirasida qat’iy choralar ko‘riladi.
O‘zbekistonda “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan qoidani amalda ta’minlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar yetarli.
Hozirgi vaziyatda barcha yurtdoshlarimizni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish ko‘rishga, turli g‘arazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslikka da’vat etaman.
Men olijanob va bag‘rikeng qoraqalpoq xalqining aql-idroki va donishmandligiga ishonaman”, – dedi davlat rahbari so‘zining yakunida.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev Nukusda bo‘lib o‘tgan namoyish haqida gapirdi
- “Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumdan keyingina qonuniy tusga kiradi” — Shavkat Mirziyoyev
- Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga tegishli moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini aytdi
Izoh (0)