Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi General Motors Co. (GM) yarimo‘tkazgich komponentlarining yetishmasligi sharoitida yilning ikkinchi chorakdagi daromadlar prognozi bilan investorlar hafsalasini pir qildi.
GM prognoziga ko‘ra, kompaniyaning aprel—iyun oylaridagi foydasi 1,6-1,9 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, FactSet so‘roviga javob bergan tahlilchilar bu raqam 2,46 milliard dollar bo‘lishini kutgan edi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, 95 mingga yaqin avtomobil ma’lum mikrochiplarni kutmoqda va ular yetib kelguncha ushbu avtomobillar sotilmaydi.
Shu bilan birga, GM joriy yil uchun o‘z prognozlarini yana bir bor tasdiqladi: sof daromad 9,6 milliard dollardan 11,2 milliard dollargacha, har bir aksiya uchun 5,76 dan 6,76 dollargacha.
2022-yil boshidan beri GM kapitallashuvi 44 foizga tushib, 46,3 milliard dollarni tashkil qildi.
Izoh (0)