FIFA sobiq prezidenti Yozef Blatter tashkilotning amaldagi rahbari Janni Infantino haqida gapirdi.
Men o‘zimni oqlamoqchiman. Kelganimda FIFA nomdor emasdi. Ketayotganimda esa iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va hatto siyosiy jihatdan kuchli xalqaro tashkilot edik.Blatter 2015-yilda korrupsiyada ayblanib FIFA prezidentligidan olingan va sakkiz yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlatilgandi. 2016-yilda FIFA apellyatsiya qo‘mitasi ushbu muddatni olti yilga qisqartirgandi.Nega Infantino menga qarshi ekanini bilmayman. U hatto menga qarshi ish to‘qib chiqarmoqchi bo‘ladi. U nafaqat meni, balki qilgan ishlarimni ham yo‘qqa chiqarmoqchi, o‘zi bu narsalarni yaxshiroq qila olaman deb o‘ylaydi.
Meni o‘g‘rilikda ayblashmoqda. Bu yolg‘on. Nega sudga kelib qolganimni bilmayman. Buni minglab, balki millionlab futbolchilar ham tushunmasligiga ishonchim komil.
Qasoskor odam emasman, lekin meni oqlashlarini xohlayman. Bu mening va men yaratgan futbolning sha’ni masalasi. Futbol bugungi ko‘rinishga kelgunga qadar bir o‘zim emas, yuzlab odamlar bilan birgalikda mehnat qildik. Futbolning ikki milliarddan ortiq muxlisi bor. Boshqa hech bir sport turidan bunchalik katta hajmdagi muxlislar qamrovi yo‘q.
Yozef Blatter, FIFAning sobiq prezidenti
Izoh (0)