Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Endi O‘zbekiston fuqarolaridan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlash jarayonida oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar talab etilmaydi. Bu haqda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, jamg‘arma tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek, davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan talab etiladigan hujjatlarni bosqichma-bosqich qisqartirish maqsadida Adliya vazirligi va Pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazalari o‘rtasida axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu axborot almashinuvi orqali davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolarning oila tarkibi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlari avtomatik tarzda shakllantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Endilikda pensiya tayinlashda nikoh, ajrim va farzandlaringizning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari va ularning nusxalari talab etilmaydi.

Avvalroq Prezident qaroriga muvofiq 4 milliondan ziyod pensiya va nafaqa oluvchilarga 1,3 trln so‘m moliyalashtirib berilgani, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning kommunal to‘lovlari kompensatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabar berilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi