Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida yigit ko‘chada qizni urib, tepgani aks etgan videolavha tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 25-iyun kuni Dang‘ara tumanida yashovchi, o‘zaro tanish bo‘lgan fuqarolar A.D. (yigit) va N.T. (qiz) o‘rtasida rashk tufayli kelishmovchilik yuzaga kelgan. Oqibatda “Navbahor” mahallasi hududida A.D. N.T.ni urib, tepgan. So‘ng voqea joyidan ketib qolgan.
Holat yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlanib, Dang‘ara tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Bundan avval Jizzaxda er-xotin o‘rtasida rashk sabab kelib chiqqan janjalda erning otasi vafot etgani, Toshkentda sevgan qizini pichoqlab, uni tinch qo‘yishini aytgan yigitni o‘ldirgan erkak 15 yilga qamalgani, Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizi to‘g‘risida “yomon gaplar” aytgan tanishini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)