Samarqandda mansabdor fuqaroni tug‘uruqxonaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1 400 dollar olganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialining o‘rindoshlik asosida yangi texnologiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.M. fuqaro X.ni tanishlari yordamida Samarqand shahridagi 4-sonli tug‘uruqxonaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.
Buning evaziga 1400 dollar olgan vaqtida departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Qashqadaryoda uch nafar fuqaroni temiryo‘l uzeliga ishga joylashtirish uchun qariyb 70 mln so‘m olgan shaxs ushlandi
- Buxoro universitetiga ishga joylashtirish evaziga 400 dollar pora olgan xodim ushlandi
- Andijon va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan ish va o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Izoh (0)