Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Andijonda 14 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Ulug‘nor tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi A.Q. fuqaro M.ni tanishlari yordamida ushbu institutiga 14 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgani aniqlangan. U kelishilgan puldan 7 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda ikki kishini o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar pora olgan shaxs qo‘lga tushgani, Farg‘onada Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 10 ming dollar olgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi