Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

AS nashrining xabar qilishicha, “qizillar” futbolchining vakillari bilan bog‘langan.

Markoning o‘zi unga o‘yin amaliyotini kafolatlaydigan jamoaga o‘tmoqchi. “Liverpul” hujum chizig‘idagi raqobatni inobatga olgan holda buning imkoniyati kam.

Asensio kelajagi bilan bog‘liq qarorni qabul qilishda shoshilmoqchi emas. U bir necha oy ilgari agenti Jorje Mendeshga eng yaxshi variantlarni qidirishni buyurgan.

Avvalroq ispaniyalik o‘yinchiga “Milan”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Arsenal” va “Nyukasl”dan qiziqish borligi xabar qilingandi.

26 yoshli vingerning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Chorvoq suv ombori qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston—O‘zbekiston chegarasidagi gidroinshoot 2040-yilga borib loyqalanishi mumkin
Dunyo
Rossiya TIV Armanistonni Rim statutiga qo‘shilishini qoralab, “o‘ta salbiy” oqibatlardan ogohlantirdi