Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2022-yil yanvar—may oylariga ko‘ra sanoat ishlab chiqarishi haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yanvar—may oylariga ko‘ra O‘zbekistonda 126 474 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. May oyida ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 31 mingdan oshiq bo‘ldi. 

Jumladan, yil boshidan beri 38,9 ming dona Cobalt ishlab chiqarilgan va o‘tgan yilining shu davriga nisbatan o‘sish 55,3 foiz bo‘lgan. 

Nexia ishlab chiqarish 15,9 foizga kamaygan va 9 364 dona bo‘lgan. 

Gentra o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar ko‘proq ishlab chiqarilmoqda. 2022-yilning yanvar—may oylariga ko‘ra 35 mingtadan ortiq bu turdagi yengi avtomobil ishlab chiqarilgan. 

May oyida 9 mingta Gentra va 10 mingdan oshiq Cobalt ishlab chiqarilgan. 

Bundan tashqari yil boshidan beri 5 728 dona Spark (15,9 foizga oshgan), 7 266 dona maxsus yengil avtomobillar (44,9 foizga oshgan) va 29 591 dona Damas (29,8 foizga oshgan) ishlab chiqarilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Rossiyadan avtomobillar importini 3 barobarga kamaytirgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)