Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Eldor Shomurodov A Seriyaning boshqa jamoasiga o‘tgan bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Rim klubi Instagram sahifasida Shomurodovning boshqa jamoaga o‘tganiga ishora qiluvchi post qoldirdi. Post tagida italiyalik muxlislar “Sampdoriya” deb yozgach, klub bunga tasdiqlovchi belgilar qoldirdi.

Skrin: Instagram

Skrin: Instagram

Bu haqda tez orada rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Avvalroq Eldor Shomurodovga “Fiorentina” va “Lechche” klublari qiziqish bildirayotgani va o‘zbekistonlik futbolchi ijaraga berilishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

26 yoshli hujumchining o‘zi esa keyingi mavsumda ham “Roma” safida qolmoqchi ekanini aytgandi.

Ma’lumot uchun, Eldor A Seriyaning 2021/22-yilgi mavsumida asosan zaxira o‘yinchisi sifatida harakat qildi. U 28 o‘yinda 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Retseptlar
Pechda pishirilgan qovoq: mazali retseptlarni tayyorlab ko‘ring
Dunyo
Shimoliy Koreya bir haftada to‘rtinchi marta ballistik raketalarni uchirdi
Mahalliy
Rossiyada O‘zbekiston fuqarosining pasporti ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgani aniqlandi