Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi va himoyachi Xerard Pike o‘rtasidagi uchrashuv tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra, ikki hafta oldingi suhbat chog‘ida “Barselona” bosh murabbiyi himoyachiga bundan buyon asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasligini aytgan. Shuningdek, murabbiy futbolchining tez-tez olayotgan jarohatlari, maydondan tashqari hayotidagi ko‘plab chalg‘ituvchi omillar borligi va yuqori maoshi haqida gapirib o‘tgan.

Pikening o‘zi esa kataloniyaliklar safida qolib, asosiy daqiqalardan maydonda tushish va jamoaning eng kuchli himoyachisi ekanligini isbotlash istagida. Ispaniyalik himoyachi maoshi pasayishiga rozi.

“Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde “Barselona” qiziqishlar doirasiga tushdi. Diario Sport’ning yozishicha, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi yangi mavsumda Kunde—Arauxo juftligini himoya markazida sinab ko‘rishni maqsad qilgan.

Ispaniyalik mutaxassis rahbariyatdan Kunde transferini amalga oshirishni so‘ramoqda, biroq “ko‘k-anorranglilar”da moliyaviy muammolar borligini ham tushunib turibdi. Shunga qaramay, rahbariyat barchasini to‘g‘rilashiga umid qilmoqda.

Jyulning narxi 60 million yevroni tashkil etadi. Hozirda himoyachiga Londonning “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda