• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shakar ajiotaji: narx oshishiga tadbirkorlar sababchimi? – mutaxassis holatni izohladi

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Davlatov “Daryo” nashriga intervyu berib, shakar narxining keskin oshishi bilan bog‘liq sabablarga to‘xtaldi.

    Ulug‘bek Davlatov

    Ulug‘bek Davlatov
    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi yillik qancha?

    Respublikada 2 ta shakar ishlab chiqaruvchi zavod (“Angrenshakar” AJ, “Xorazmshakar” AJ) mavjud. Ularning har biri yiliga 600 ming tonnadan mahsulot ishlab chiqaradi. Hozirda har kuni 2 ming tonnadan shakar birja savdolariga qo‘yilmoqda. Oxirgi boshlang‘ich narxlar 8 ming 900 so‘mdan bo‘lmoqda. Shakar zavodlarimiz monopol korxonalar hisoblangani uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ular sotayotgan mahsulotning boshlang‘ich narxlari doimiy nazorat qilinadi. Ya’ni narxlar shakllanishi va oshishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganib boriladi hamda yuqori narx qo‘llanilmasligi bo‘yicha monitoring yuritiladi.

    Hisob-kitoblarga ko‘ra, shakar narxi (boshlang‘ich) yil boshiga nisbatan 8-10 foizga oshgan. Bunga jahonda bo‘layotgan geosiyosiy vaziyat ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, logistika xizmatlarining narxlari keskin oshgan. Lekin shakar zavodlarimiz tomonidan xomashyo yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzilgani, kemalar oldindan buyurtma qilinib, to‘lovlar ham amalga oshirilgani uchun logistika narxida keskin o‘zgarish bo‘lmadi. Ya’ni dunyoda kema tashuvlari narxi ko‘tarilgan bo‘lsa-da, bizda oldindan to‘lov qilingani tufayli belgilangan stavka o‘zgarmadi. Shu sababli boshlang‘ich narxlarda keskin o‘sish kuzatilmayapti.

    So‘nggi kunlarda savdo do‘konlarida shakar narxi 20 ming so‘mgacha (1 kg) ko‘tarilgani aytilmoqda. Buning asosiy sababi nimada?

    Bozorlar va do‘konlarda shakar yetishmay qolgani birja bilan bog‘liq masala emas. Chunki birjaga doimiy ravishda belgilangan miqdordagi shakar savdoga qo‘yib kelinmoqda va shu paytgacha hech qanday defitsit kuzatilmagan. Hamma gap ichki bozorda. Ya’ni tadbirkorlar shakarni birjada xarid qilib, uni chakana savdoga chiqarmadi. Oqibatda sun’iy taqchillik yaratildi. Birjada shakar uzluksiz sotilayotganini ko‘rgan tadbirkor, bunday xatti-harakatlarning foydasi yo‘qligini, hech qanaqa tanqislik bo‘lmayotganini tushunib yetadi. Birja erkin — xohlagan odam unda ishtirok eta oladi. Ortiqcha puli bor, mahsulotni g‘amlay oladigan zaxiralari, omborxonalari mavjud odamlar shakarni yig‘ib qo‘ydi. Shu sababli narx birjada ham oshib ketdi. Ular ko‘proq g‘amlash maqsadida birjaga kirib qimmat narxlarda sotib olishdi va narxni ko‘tarib yubordi. Oqibatda o‘tgan haftada o‘rtacha birja kotirovkasi 13-14 ming so‘m atrofida bo‘ldi. So‘ngi 2 kun ichida narxlarda keskin pasayish kuzatilmoqda. Ya’ni o‘tgan kuni 1 kg shakar 11 ming 900 so‘m edi, kecha 10 ming 800 so‘mga tushib ketdi. Bugungi birja savdolarida shakarning sotilish narxi 10 ming so‘m atrofida. Bozor to‘yinishi, tadbirkorlar tomonidan zaxiralar ko‘pligi va talab o‘sgani hisobiga narxlar kundan kunga pasaymoqda.

    Narxlarning sun’iy oshishiga ta’sir qilgan shaxslar bo‘yicha prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan o‘rganish olib borilmoqda. Ularga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

    Zaxirada qancha shakar bor?

    Bizda shakar xomashyosi asosan Braziliyadan import bo‘ladi. Avgust oyigacha bo‘lgan resurslarimiz, ya’ni yo‘lda kelayotganlari bilan hisoblansa, har bir zavodning 200 ming tonnadan zaxirasi mavjud. Bu avgustgacha kamida 400 ming tonnagacha zaxira bor degani. Ushbu miqdor bilan bozorni bemalol ta’minlay olamiz. Shartnomaga muvofiq, bizga yilning oxirigacha doimiy ravishda xomashyo yetkazib beriladi. Aytish kerakki, shakar importiga hech qanday cheklovlar mavjud emas. Qo‘shni davlatlarda ham shakar narxi keskin oshdi. Shuningdek, Rossiyada ham 1 kg shakar 10-12 ming so‘mga chiqib ketgan. Uni olib kelish xarajatlari bizning ichki bozordagi narxlardan ham qimmatga tushadi. Shuning uchun bizlarda importga u qadar qiziqish yo‘q. O‘zbekistonga shakar deyarli import qilinmaydi. Hammasi o‘zimizda ishlab chiqariladi. Ayni paytda ishlab chiqarishda ham, xomashyo va birjada ham muammo yo‘q. Shakarni iste’molchilarga shu yilning oxirigacha, hatto keyingi yilga ham yetkazib bera oladigan xomashyo zaxiramiz mavjud.

    Bugun bozorlardagi ahvol qanaqa?

    Bozorlardagi narxga keladigan bo‘lsak, tadbirkorlik subyektlari tomonidan shakar narxlari erkin belgilanadi. Narxlarni keskin oshib ketmasligi uchun hukumat tomonidan bozorlarda maxsus savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Shu bilan birga, yirik savdo komplekslarida ham shakar narxlari arzonlashtirilgan holatda sotib kelinmoqda. 1 kg shakar bozorlarda 10-11 ming so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, savdo komplekslarida 12 ming so‘mdan sotilmoqda. Bugungi birja savdosidagi holat ham bozor to‘yinganini ko‘rsatadi. Ya’ni shakar sotib olgan odam uning narxi 10 ming so‘mga tushdimi, zaxirasidagi mahsulotni savdoga chiqarmasa zarar ko‘raveradi. Bugun birjadan 10 ming so‘mdan olgan odam, narxni 11-12 ming so‘mga chiqaradi. Lekin 3-4 kun oldin 13-14 ming so‘mdan olgan odam uni tezroq sotuvga chiqarmasa, zararga ishlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham nega arzonlashtirilgan savdoda shakar mavjud, boshqa do‘konlarda yo‘q, degan masala ko‘tarildi. Aytish kerakki, shakar bilan bog‘liq hech qanday taqchillik yo‘q. Birjada boshlang‘ich narx 8 ming 900 bo‘lmoqda va bu narx yaqin orada oshmaydi. Uzog‘i 100 so‘mgacha oshishi mumkin.

    14.06.2022, 20:49   Izoh (0)   26687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahrisabz shahridagi to‘yxonada erkak bir necha kishi tomonidan pichoqlangani aytilmoqda

    14.06.2022, 20:33

    Kitob tumanining sobiq hokimi Murodjon Azimovga o‘rinbosar bo‘ldi

    14.06.2022, 19:44

    Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi. Sobiq hokim katta miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirishda ayblanib, qamoqqa olingandi

    14.06.2022, 18:52

    Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

    14.06.2022, 18:43

    O‘zbekistonda iyul oxirida “Taskin” nomli birinchi bolalar hospisi faoliyat boshlashi kutilmoqda

    14.06.2022, 18:31

    “Jazolash bilan oilani saqlab qolib bo‘lmaydi”. Alisher Qodirov himoya orderi berilishiga qaramasdan, ayollarga tazyiq o‘tkazish davom etayotgani haqida

    14.06.2022, 17:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.