Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Vensan Kompani “Byornli” murabbiyiga aylandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

36 yoshli mutaxassis “Anderlext”dan ketdi va “Byornli” boshqaruviga o‘tdi. Jamoa 2021/22-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra APLni tark etdi.

Kompani 2019-yildan buyon buyon “Anderlext”da faoliyat yuritayotgan edi. Dastlab u o‘ynovchi murabbiy sifatida, 2020-yil avgustdan boshlab bosh murabbiy sifatida ishlagan. O‘tgan mavsumda klub Vensan boshqaruvida Belgiya chempionatida 3-o‘rinni egalladi, shuningdek, mamlakat Kubogida finalga qadar yetib bordi.

‘Byornli’ — ulkan tarixga ega ingliz klubi. Jamoani boshqarish sharafdir. Bu chaqiruv meni ilhomlantiradi.

Futbolchilar bilan ishlashni intiqlik bilan kutyapman. Men g‘alaba qozonadigan va muxlislarimizga ijobiy his-tuyg‘ularni baxsh etadigan jamoa tuzmoqchiman.

‘Byornli’ rahbariyatining klub istiqboli bilan bog‘liq qarashlari meni hayratda qoldirdi. Qarashlarimiz bir-biriga mos keladi. Ushbu muhim mavsumni boshlashni kutyapman.

Vensan Kompani, “Byornli” bosh murabbiyi

Belgiyalik futbolchilik faoliyatining asosiy qismini APLda o‘tkazgan. 2008-yildan 2019-yilga qadar “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan.

Shu vaqtga qadar “Byornli”ni Shon Daych boshqarib kelayotgandi. Angliyalik mutaxassis jamoani 2012-yildan 2022-yilga qadar boshqargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Xarkovdagi Starlink antennasi, orkestr ostida safarbarlikka kuzatilayotgan rossiyaliklar. Urushning 215-kunidan fotoreportaj
Dunyo
Rossiyadan Osiyoga neft eksporti kamayadimi?
Madaniyat
Gollivud aktyori Alek Bolduin sakkizinchi marotaba ota bo‘ldi