Daryo

APL jamoasida 9 yildan beri ishlab kelayotgan murabbiy iste’foga chiqarildi

Jamoa murabbiy qo‘l ostida ikki marta Chempionshipdan APLga chiqqan edi

1 daqiqa o‘qish24 992 ko‘rishlar0 izoh0
Burnley manager Sean Dyche before the Premier League match at Turf Moor, Burnley. Picture date: Saturday April 2, 2022. (Photo by Martin Rickett/PA Images via Getty Images)

Shon Daych 9 yillik murabbiylikdan so‘ng “Byornli”ni tark etdi.

Foto: Getty Images

Klub 50 yoshli mutaxassis va uning murabbiylar shtabini iste’foga chiqarganini ma’lum qildi.

Daych 9 yil-u 166 kun mobaynida “Byornli”ni boshqargan. Bu APLdagi hozirgi murabbiylar ichida eng uzoq yillik ko‘rsatkich edi.

Shon qo‘l ostida jamoa ikki marta Chempionshipdan APLga ko‘tarilgan va u klubni 51 yildan so‘ng ilk bor Yevrokuboklarda ishtirok etishiga yordam bergandi. Daych boshchiligida “Byornli” 2018/19-yilda Yevropa Ligasida ishtirok etgan.

“Byornli” 2021/22-yilgi mavsum APLda 24 ochko bilan 18-o‘rinda bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar